
Amorim Erik ten Xag olib kelgan yulduzlardan qutilishga kirishdi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiylikka Ruben Amorimni tayinlaganidan keyin portugaliyalik mutaxassis ishni tarkibni o‘ziga moslashtirishdan boshladi.
Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha, manchesterliklar qishki transferlar vaqtida Joshua Zirkzeeni ijaraga jo‘natadigan bo‘ldi.
23 yoshli hujumchini yozda Erik ten Xagning talabi bilan 50 million evroga transfer qilishgan edi. “Bolonya”da to‘purarlik qobiliyatini namoyish qilgan bu futbolchi Manchesterda o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.
Zirkzee “Manchester Yunayted”ga kelganidan beri 17 ta uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi. Bu statistika klub rahbariyati va murabbiylar shtabini qoniqtirmaydi.
Fikrlar