Amorim: "Bizni Evropa Ligasida chempion bo‘lishdan ham muhimroq ishlarimiz bor"

  • 5 mart, 20:22
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoaning Evropa Ligasida g‘olib chiqish haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Odamlar Evropa Ligasiga biz uchun Chempionlar Ligasiga chiqishning yagona yo‘li sifatida qarashmoqda. Lekin, ochig‘ini aytsam, biz bundan ham jiddiyroq narsalar haqida o‘ylayapmiz. Bilaman, bu g‘alati tuyulishi mumkin, ammo biz bu erda qurishga harakat qilayotgan narsa har qanday turnirdagi g‘alabadan muhimroq," – dedi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, 6-mart kuni "Manchester Yunayted" Evropa Ligasi 1/8 finalining dastlabki uchrashuvida safarda "Real Sosedad"ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!