Amerika kubogining eng zo‘r o‘yinchisi juda hafa bo‘ldi

  • 16 iyul, 2024, 18:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AQSh mezbonlik qilgan Amerika kubogida Lionel Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasi finalda Kolumbiya vakillarini kichik hisobda engib, bosh sovrin sohibiga aylandi.

Tecno

Shunga qaramay, qit’a chempionatining eng yaxshi o‘yinchisiga atalgan sovrin kolumbiyaliklar etakchisi Xames Rodrigesga nasib qildi.

33 yoshli hujumkor futbolchi musobaqa haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Bu mag‘lubiyat juda og‘riqli bo‘ldi. Biz oxirigacha kurashdik, jamoadosh do‘stlarim bilan faxrlanaman. Hammaga katta rahmat, - dedi Xames Rodriges.

Xames Rodriges juda samarali o‘yin ko‘rsatdi. Musobaqa davomida oltita uchrashuvda ishtirok etgan tajribali futbolchi o‘zi bitta gol urdi va jamoadoshlariga oltita golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!