
A’loxon Abdullaev IBA chempionlik kamari uchun jang qiladi. Raqibni o‘zbekistonlik boks muxlislari ham yaxshi tanishadi
Iste’dodli bokschimiz A’loxon Abdullaev IBA chempionlar oqshomida ham ringga ko‘tarilayotgan edi. Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, bokschimiz bu turnirda navbatdagi jangini qachon va qaerda o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi. Quvonarlisi, yurtdoshimiz -75 kg vaznda chempionlik kamari uchun jang qiladi.
Mazkur jang 26 iyul kuni Indoneziyaning Bali orolida bo‘lib o‘tadi. Raqib o‘zbekistonlik boks muxlislari uchun ham yaxshi tanish bo‘lgan qozog‘istonlik Nurkanat Rais bo‘ladi. Ularning o‘zaro hisob-kitobi bor. Hozircha ular 2 bor to‘qnash kelgan va hisob 1:1 ko‘rinish olgan. 2023 yil "Strandja" turnirida Nurkanat Raisning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, joriy yil "Elorda" turnirida hamyurtimiz muvaffaqiyat qozongandi. Bu ular o‘rtasidagi trilogiya bo‘ladi.
Albatta, mazkur muhim jangda hamyurtimizga omad tilaymiz!
Fikrlar