
Alonso qo‘l ostida "Real" himoyasi raqiblar imkon qoldirmayapti
Xabi Alonso boshqaruvi ostida "Real Madrid" himoyada ishonchli o‘ynamoqda. La Ligada yangi bosh murabbiy qo‘l ostidagi dastlabki uchta o‘yinda madridliklar raqiblariga jami 17 marta zarba yo‘llashga imkon berishdi. Bundan tashqari jamoa 3 ta o‘yinda bor yo‘g‘i bitta gol o‘tkazib yubordi.
Bu Pep Gvardiolaning "Barselona"dagi birinchi mavsumidan beri (2008/09) eng kam zarba hisoblanadi. O‘shanda chempionatning dastlabki uchta o‘yinida kataloniyaliklar boshqa jamoalarga jami 12 zarba berishga qo‘yib berishgan edi.
Hozirda Ispaniya chempionati turnir jadvalida "Real" 9 ochko bilan birinchi o‘rinni egallab turishibdi. Amaldagi La Liga g‘olibi "Barselona" 3-turda "Rayo Valekano" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab, ochko yo‘qotdi. Kataloniyaliklar 4-o‘rinni egallab turishibdi.
Fikrlar