Alonso "Liverpul" etakchisini "Real"ga o‘tishga ko‘ndirmoqchi

  • 19 may, 16:22
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" yarim himoyachisi Aleksis Makallister faoliyatini Madridning "Real" klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda ingliz nashri Football Insider xabar bermoqda.

Tecno

Manbaning yozishicha, "Real Madrid"ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan Xabi Alonso yozgi transfer oynasida argentinalik futbolchini Madridga olib kelmoqchi. Alonso "Liverpul"da futbolchi sifatida o‘ynagan va klubdagi aloqalari orqali futbolchini ispan klubi safiga qo‘shilishga ko‘ndirmoqchi.

26 yoshli Makallister joriy mavsumda "Liverpul" safida barcha musobaqalar doirasida 49 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi. U "qizillar"ning markaziy chizig‘idagi eng muhim futbolchilaridan biri hisoblanadi. Uning texnikasi, o‘yinni o‘qish qobiliyati va pressingdagi faolligi Madrid klubi murabbiylar shtabini o‘ziga jalb qilgan.


Makallisterning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. "Real Madrid" futbolchini transfer qilish uchun katta mablag‘ ajratishga tayyorligi aytilmoqda. Transfermarkt portali yarim himoyachining bozor qiymatini 90 million evro atrofida baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!