Alonso 16 yildan so‘ng "Real"dagi ajoyib rekordni takrorladi

  • 13 sentabr, 23:50
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabi Alonso La Ligada dastlabki 4 o‘yinda g‘alaba qozongan "Real Madrid"ning 5 ta murabbiyidan biriga aylandi.

Madridliklar "Real Sosedad"ni 2:1 hisobida mag‘lub etishdi. Avvalroq "Malorka" (2:1), "Real Ovedo" (3:0) va "Osasuna" (1:0) ustidan g‘alaba qozonilgandi.

Tecno

"Real" boshchiligida La Liganing dastlabki to‘rtta o‘yinida g‘alaba qozonish oxirgi marta 2009 yilda Manuel Pellegriniga nasib etgandi. E’tiborli tomoni shundaki, o‘sha paytda Alonso uning qo‘l ostida o‘ynagan.

Vanderley Lushemburgo (2005), Enrike Fernandes (1953) va Xose Kirante (1929) ham xuddi shunday startni amalga oshirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!