Allegri Modrichdan o‘z tajribasini yosh jamoadoshlariga o‘rgatishini talab qilyapti

  • 30 avgust, 08:57
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" futbolchisi Luka Modrich jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegrining talablari haqida so‘zladi.

Xorvatiyalik yarim himoyachi ham, italiyalik murabbiy singari, yozda klubga kelgan edi. 39 yoshli futbolchi "rossonerilar"ga A Seriyadagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritishda yordam berdi va ikkinchi tur doirasida "Lechche"ga qarshi o‘yinda (2:0) golli uzatmani amalga oshirdi.

- Allegri mendan maydondagi harakatlarimiz ravon bo‘lishini ta’minlashimni so‘rayapti. Shuningdek, murabbiy o‘yinlar davomida jamoadoshlarim bilan doimiy ravishda muloqot qilishimni istaydi, sababi jamoamizda yosh futbolchilar ko‘p, ularda ishonch uyg‘otish zarur, - dedi Modrich.

Italiyaga ko‘chib o‘tishidan oldin yarim himoyachi 13 yil davomida Madridning "Real" klubida o‘ynagan va uni erkin agent sifatida tark etgan edi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!