Allegri: "Durang jamoaning umumiy rivojiga ta’sir qilmaydi"

  • 14 dekabr, 22:34
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Sassuolo"ga qarshi uchrashuvdan (2:2) so‘ng jamoa o‘yiniga baho berdi.

Tecno

"Biz yaxshi o‘ynadik, bee’tiborlik bo‘lmadi. Zich himoyaga qarshi hujumda to‘g‘ri harakat qildik. "Sassuolo"ning hujum salohiyati juda yuqori. Gollar masalasida biroz aqlliroq o‘ynashimiz mumkin edi, ammo bunday holda mag‘lub bo‘lish xavfi bor edi. Shuning uchun bu ochkoni qabul qilamiz.

Futbolchilarning xususiyatlaridan qat’i nazar, jamoa yaxshi harakat qildi. Hozir turnir jadvalining yuqori qismidamiz va nima bo‘lishidan qat’i nazar, kamida uchinchi o‘rinda bo‘lamiz.

Superkubok menga ta’sir qilmayapti. Pulishich yaqinda jamoaga qaytdi, shu sabab qo‘shimcha yarim himoyachi kerak edi. Loftus-Chik yaxshi o‘ynadi. Ikkinchi gol epizodida himoyamiz zich edi va darhol qarshi hujumga o‘tdik, Loryanteni nazorat qilishimiz kerak edi. Ularga jarima maydonimizga kirish oson bo‘lmadi.

Nkunku bugun yaxshi ko‘rindi va ikkinchi golda hal qiluvchi rol o‘ynadi. Durang jamoaning umumiy holatiga ta’sir qilmaydi. Biz butun tarkibning sifatini bilamiz va barqaror o‘ynashda davom etyapmiz. Har bir o‘yinda g‘alaba qozonish mumkin emas, barqarorlikni saqlash muhim. Bugun yutqazishimiz ham mumkin edi, shu ochko biz uchun foydali bo‘ladi", — dedi milanliklar murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!