
Alissonning oilasida o‘g‘il farzand dunyoga keldi (FOTO)
"Liverpul" klubi va Braziliya terma jamoasi darvozaboni Alisson Beker oilasida o‘g‘il farzand dunyoga keldi. Futbolchi o‘g‘liga Matteo deb ism qo‘ydi.
E’tiborlisi, Beker Amerika kubogining ilk turida Boliviyaga qarshi bahsda ishtirok etgan kuni farzandli bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Alisson Bekerning shuningdek 2 yoshli Xelena ismli qizi ham bor.
Fikrlar