Aleksandr Xomyakov: "Iste’fo bermoqchi emasman, shartnomam uch yilga mo‘ljallangan"

  • 3 oktabr, 2021, 12:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Mash’al” bu turda o‘z maydonida “Nasaf”ni qabul qildi. Superligada qolish uchun kurashayotgan muborakliklar o‘z maydonidagi bahsda raqibga 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Mazkur o‘yin xususida “Mash’al” bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

- Ko‘rinib turibdiki, biz uddalay olmadik. “Nasaf” jamoasini yutishni xohlagandik. Buning uchun real holatda gapiradigan bo‘lsam, qattiq ter to‘kishimiz kerak bo‘lardi. Jamoa borini berishi va albatta omad ham zarur edi. “Nasaf” esa oxirgi paytlarda juda yaxshi o‘yin ko‘rsatyapti. Bunday jamoani to‘xtatib qolish qiyin. Futbolchilarimiz bor kuchini berishdi, ammo omad etishmadi. Umuman aytganda, himoyada yaxshi o‘ynay olmadik. “Nasaf”dek raqib bilan o‘ynaganda darvoza daxlsizligini saqlab qolish juda qiyin. Bugun chiroyli o‘yin bo‘ldi, deb aytmagan bo‘lardim. O‘yinchilarimga shikoyatlar yo‘q. Ularga rahmat. Endi chempionatimizda tanaffus yuzaga keldi. Shu bois ruhiy tarafdan tiklanib olishga harakat qilamiz.

Ayrim holatlarda bizni jaxlimizni chiqarmoqda. Hujumchilar sheriklariga bog‘lanib qolgan. Agar biz ularga golli vaziyatlarni yaratib bermasak, o‘zlari bu ishni uddalay olmaydilar. Albatta, hujumchilarimizni ko‘proq gollar urishini xohlardim. Bundan tashqari, raqib ham hujumchilarimizga o‘zlarini to‘liq namoyish etishga yo‘l qo‘ymadi. Harakat qildik, ammo professional futbolda xohishning o‘zi kamlik qiladi. To‘g‘risini aytish kerak, uchrashuv davomida golga tortadigan yaqqol vaziyatlarni ham yarata olmadik. Shunday ekan, “Nasaf” kuchliroq o‘ynadi va munosib tarzda g‘alaba qozondi.

Eshbo‘taev davolanyapti. Umid qilamanki, ikki haftalardan keyin tarkibga qaytadi. Ammo hozircha qandaydir qiyinchiliklar yuzaga kelyapti.

Mavsum yakunlanishiga beshta tur qoldi. Turnir jadvalining quyiga e’tibor bering, jamoalar bir-biriga juda yaqin joylashgan. Shuning uchun pastki o‘rinlardagi klublar har bir o‘yinni final kabi o‘tkazishyapti. Mana shunday bosim chempionat oxirigacha davom davom etadi. Bizni quyi ligaga tushib ketishimizni qaerdan oldingiz? Mabodo, shunday bo‘lsa, iste’fo bermoqchi emasman, shartnomam uch yilga mo‘ljallangan. O‘z majburiyatlarimni oxirigacha bajaraman. Biz pro-ligaga tushib ketish haqida o‘ylamayapmiz. Oxirigacha kurashamiz, - deydi Aleksandr Xomyakov.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!