Aleksandr Xomyakov: "Bizda potentsial bor, jamoamga ishonaman"

  • 25 fevral, 10:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon”ning “Zenit”-2 ga qarshi uchrashuvidan keyin "Burgutlar" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov Antaliya yig‘ini va o‘yin to‘g‘risida klub matbuot xizmatiga quyidagicha fikr bildirdi:

Tecno

“Ikki xil taassurot qoldi. Harqalay, sal boshqacha futbol kutgandim. Biz yig‘in davomida muayyan usullar ustida ishladik. Shuning evaziga ancha mukammalroq futbol namoyishini ko‘rmoqchi edik. Boshqa tomondan olib qaraganda, nazorat uchrashuvlari yana qaysi jihatlar ustida ishlashimiz kerakligini ko‘rsatib berdi. Nazarimda, bor imkoniyatlarimizni ko‘rsata olmadik.

Ikkinchi tomondan olib qaraganda, jamoa deyarli shakkllanib bo‘ldi. Lekin, baribir, bizni o‘ylantirayotgan va ko‘proq ishlashni taqozo etadigan jihatlar yo‘q emas. Albatta, umumiy ahvol yomon emas. Biroq hali ko‘p ishlash kerak. O‘zim kutgan darajaga chiqa olganimizcha yo‘q. Ha, jamoada potentsial bor. O‘tgan yilgi yig‘indagi tarkibdan kuchli ko‘rinmoqda. Ammo, boya aytganimdek, mavsum davomida ishlashimiz kerak bo‘lgan jihatlar talaygina.

Bevosita bugungi o‘yinga kelsak, 70 daqiqa davomida ancha ishonchli o‘yin ko‘rsatdik. Ayniqsa, birinchi bo‘limda golga tortadigan ancha xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Afsuski, bulardan samarali darajada foydalanish nasib qilmadi. 70-daqiqadan keyin esa o‘yin tizginini qo‘ldan chiqardik. Shu sabab gol o‘tkazib yubordik va yana o‘tkazib yuborishimiz ham hech gap emasdi.

Xullas, jamoa hamon barpo etilyapti. Umid qilamanki, mavjud potentsial evaziga biz hali o‘yinimizga o‘zimiz ko‘rishni istagan jihatlarni qo‘sha olamiz. Bizda potentsial bor, jamoamga ishonaman”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!