
Aleksandr Ejov: "Selektsiya ishlaridan ko‘nglim to‘lmadi"
A Pro-liganing 1-turida “Xorazm” jamoasi safarda “Neftchi”ga qarshi o‘ynadi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan keyin “Xorazm” bosh murabbiyi Aleksandr Ejov Sports.uz internet portaliga intervyu berdi.
- Biz bu o‘yinga g‘alaba qozonish maqsadida tashrif buyurgandik. Futbolchilar maydonda buning uchun borini berdi. Bilasizmi, “Neftchi” ham o‘z maydonida to‘p surayotgani bois, ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Mavsumning ilk o‘yini. Bunday vaqtda hamma o‘yin og‘ir kechadi”, - deydi Aleksandr Aleksandrovich.
- “Xorazm” nimaning evaziga g‘alaba qozondi deb o‘ylaysiz?
- G‘alaba qozonish uchun futbolchilar harakat qilishdi. Qolaversa, omad biz tomonda bo‘ldi.
- Klub Farg‘onaga 14ta futbolchi bilan borgan. Bunga nima sabab bo‘ldi?
- Ba’zi futbolchilarimizning tibbiy ko‘rikdan o‘ta olishmagani sabab bo‘lsa, yana ayrimlari normativ sinovlaridan o‘ta olmadi. Shu boisdan kamchilik futbolchilar bilan Farg‘onaga borishimizga to‘g‘ri keldi.
- Selektsiya ishlaridan qoniqish hosil qildingizmi?
- Yo‘q. Biz chempionatga kam muddat qolganida yig‘ildik. O‘tgan yildagi tarkibimizni o‘zagini saqlab qoldik. Laziz Ubaydullaevni taklif qildik. Qolgan futbolchilarimiz esa o‘tgan yili safimizda to‘p surgan. Selektsiya ishlaridan ko‘nglim to‘lmadi.
Fikrlar