Aleks Pereyra Jeyk Polning chaqirig‘iga javob qaytardi

CHERY AUTO

Yarim og‘ir vazn toifasida (93 kg) amaldagi UFC chempioni braziliyalik Aleks Pereyra mashhur amerikalik bokschi va bloger Jeyk Polning chaqirig‘iga javob berdi. BKFC jangchisi Mayk Perri ustidan g‘alaba qozongan Jeyk "Poatan" bilan boks qoidalariga ko‘ra jang qilishga tayyorligini bildirgandi.

Tecno

 "Keling, shunday qilamiz", - deb Pereyra so‘zlarini keltiradi MMAJunkie.

Eslatib o‘tamiz, dastlab Pol afsonaviy Mayk Tayson bilan jang qilishi kerak edi, biroq faxriyning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli bu jang noyabrga ko‘chirildi va Jeyk yangi raqib topdi. Mayk Perri bilan jang Polning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!