
Alaba uchun APL chempioni ham kurash boshladi
"Liverpul" klubi "Bavariya" himoyachisi David Alaba uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda 90min nashri xabar bermoqda.
Mersisaydliklar yozda shartnomasi tugaydigan va bu shartnomani uzaytirishni xohlamayotgan 28 yoshli avstriyalik futbolchini erkin agent sifatida tekinga qo‘lga kiritishni xohlamoqda. Ammo Alabaning maosh masalasida ishtahasi karnay. Aniqrog‘i, u yiliga 25 mln evro maosh olmoqchi.
David Alaba joriy mavsum “Bavariya” safida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar