
Alaba “Barsa”ga o‘tishi uchun nima qilishi kerak?
“Bavariya”ning universal himoyachisi David Alaba to‘p tepishni istagan klublar ro‘yxatida “Barselona” ham bor.
Avstriyalik futbolchining Kataloniya ko‘chib kelishi uchun 24 yanvarda bo‘ladigan klub prezidentligi uchun saylovlarda Joan Laporta g‘alaba qozonishi kerak. Aynan mana shu mutaxassis Alabani “Barselona”ga olib kela oladi.
Chunki Kataloniya klubining hozirgi rahbariyati va futbolchining agenti Pini Zaxavi o‘rtasiga sovuqchilik tushgan. Bu “Neymar”ning 2017 yilda PSJga transfer qilinishi bilan bog‘liq.
Laporta esa 2003-2010 yillarda “Barselona” prezidenti sifatida Zaxavi bilan do‘stona munosabat o‘rnatgan va bu hurmat hamon saqlanib qolgan.
Fikrlar