"Al-Sadd" - "Nasaf": Matnli translyatsiya

  • 8 aprel, 2022, 21:52
  • Karim Xudayqulov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

OChL 1-turidan o‘rin olgan "Al-Sadd" - "Nasaf" uchrashuvidan matnli translyatsiyani saytimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Uchrashuv yakuniga etdi. "Nasaf" 9 kishi bo‘lib qolgan "Al-Sadd"ni enga olmadi. 

90+4. O‘yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo‘shib berildi. 

88. "Nasaf" futbolchilari birin-ketin raqib darvozasini nishonga olmoqda. 

83. Abduraximovga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. 

82. Bozorov hujumda o‘yin qoidasini buzdi. 

80. "Ajlarlar" yaxshi masofadan jarima zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. 

79. Yana bir noaniq zarba. Bu safar Solovyov tepdi. 

78. Oybek Bozorovning jarima maydonchasi ichida yo‘llagan zarbasi o‘ta noaniq chiqdi. 

76. Abdurahimovning bosh bilan yo‘llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. 

75. O‘zgarish! Davronov o‘rniga Solovyov maydonga tushdi. 

72. Saitovning olisdan yo‘llagan zarbasiga umuman aniqlik etishmadi. 

70. "Nasaf" hujum uyushtirishda biroz sustkashlikka yo‘l qo‘ymoqda. 

67. "Nasaf" tarkibida o‘zgarish. Muhitdinov o‘rniga Abdurahimov maydonga tushdi. 

64. "Al-Sadd" futbolchisi Pedro ikkinchi sariq kartochkasini oldi va maydondan chetlashtirildi. 

61. Alibe Davronov hamda Pedro Koreyraga sariq kartochka ko‘rsatildi. 

60. Berdiev shogirdlari burchak to‘pi tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Biroq besamar. 

59. Stanoevichning olisdan yo‘llagan zarbasiga kuch etishmadi. 

57. Aliqulovning olisdan yo‘llagan zarbasini darvozabon qaytardi. 

55. "Al-Sadd" futbolchisi Xuxi hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. 

54. "Nasaf" tarkibida o‘zgarish. Smaylagich o‘rniga Norchaev maydonga tushdi.

52. "Al-Sadd" burchak zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 

50. Nurulloev hakam tomonidan ogohlantirildi. 

46. Shahzod Akramov o‘rniga Suhrob Nurulloev maydonga tushdi. 

46. Ikkinchi bo‘limga start berildi. 

45+2. Taym yakuniga etdi. Hozircha "Nasaf" "Al-Sadd" ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonmoqda. 

45. Birinchi bo‘limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo‘shib berildi. 

42. Bunedja hujumda o‘yin qoidasini buzdi. 

40. Muhitdinov va Ergashev palapartish harakat qildi. Raqiblar gol urishiga bir bahiya qoldi. Biroq hujum bartaraf etildi. 

39. Qatarliklar maydon markazidan o‘tishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. 

37. Maydon markazida "Nasaf" futbolchisi o‘yin qoidasini buzdi. 

35. Bozorov raqib jarima maydonchasiga kirib borib, Mozgovoyga to‘pni uzatdi. Yon hakam Akmal ofsaydda ekanligini ko‘rsatdi. 

30. Muhitdinov burchakdan to‘pni o‘yinga kiritib berdi. Hammadan baland sakragan Aliqulov bosh bilan zarba yo‘llab, hisobni ochdi.  

28. Stanoevichning jarimadan yo‘llagan zarbasiga biroz kuch etishmadi. Darvozabon ortiqcha qiyinchiliksiz to‘pni egallab oldi. 

27. Qizil kartochka! Abdul Karim Hassan birga-bir vaziyatga chiqib borayotgan Akramovni qo‘pollik evaziga to‘xtatdi va maydondan chetlashtirildi. 

24. "Al-Sadd" himoyachisi o‘z jarima maydoni yaqinida o‘yin qoidasini buzdi. "Nasaf"da gol urish uchun yaxshi imkoniyat vujudga keldi. 

21. Himoyachilarimizning xatosidan so‘ng Bunedjada zarba berish imkoniyati vududga keldi. Ammo Bog‘dodning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

18. "Nasaf" pressingda yaxshi ishlamoqda. 

17. UXXXX! Saitovning jarima maydonchasi tashqarisidan erlatib yo‘llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. 

14. Saitov qanotdan yorib kirdi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvozaga zarba yo‘lladi. Himoyachilarga tegib qolgan to‘p maydonni tark etdi. "Ajdarlar" foydasiga burchak to‘pi. 

13. "Nasaf" darvozasi oldida havfli vaziyat. Afif jarima maydonchasiga kirib bordi, biroq Umidjon Ergashev va himoyachilar so‘nggi pallada ishonchli o‘ynadi. 

11. Smaylagichga sariq kartochka ko‘rsatildi. 

9. "Al-Sadd" pozitsion hujumga hozirlik ko‘rmoqda. 

7. Bog‘dod Bunedjaning jarima maydonchasidan yo‘llagan kuchli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. 

6. Smaylagich yaxshi vaziyatga chiqib bordi. Uning zarbasidan so‘ng darvozabon to‘pni egallab oldi. 

5. "Al-Sadd" futbolchilari uzatmalarda xatoliklarga yo‘l qo‘ymoqda. 

4. O‘yinda ilk standart vaziyat. Vakillarimiz burchak to‘pi tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 

1. Hakam hushtagini chaldi. Uchrashuvga start berildi. 

0. Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. 




Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sardorbek Mamatqulov
08/04/2022 23:44
Koʻrib boʻlmaydi bunaqa oʻyinni.Koʻrganim sari asabim buzildi.Oddiy past tashashni ham bilishmaydi.Zarba berib tepishni ham aytmasa ham boʻlaveradi.Hammasini futboldan chetlashtirish kerak.Faqat orqaga tepishni bilishadi oldinga qarab yurishmaydi
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
08/04/2022 23:08
Nasaf uyinchisi qizil olmasa ham solarkan. chunki ungacha ham nichi bor uglavoy oldi. keyin himoyachisi qupol uynamaganiga bemolol solardi. goll. Nasaf ekonom rejimga uynap yotuvdi 2 taymga qushardi. ulani uyinchisi qizil olmagan taqderga. Nasaf kuchuni uz salohiyatidan kelib chiqib taktika tanlagan