
"Al-Hilol" "Al-Ittihod" ustidan ishonchli hisobda zafar quchdi
"Al-Hilol" va "Al-Ittihod" o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahsda riyodliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Kante hisobni ochgan bo‘lsa, Al-Shehri imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Malkom jamoasini oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay Abdulhamid o‘yinga nuqtani qo‘ydi.
Shu tariqa, "Al-Hilol" ochkolari sonini 62 taga etkazib oldi. "Al-Ittihod" esa 37 ochko bilan 5-o‘ringa tushib ketdi.
"Al-Hilol" 3:1 "Al-Ittihod"
Fikrlar