
“Al-Duhail” - “Paxtakor”. Kimning tarkibi qimmatroq? Jamoalarning eng qimmat futbolchilar kimlar?
Toshkentning “Paxtakor” klubi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining navbatdagi turini Qatarning “Al-Duhail” klubiga qarshi o‘tkazadi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, “Al-Duhail”ning tarkibi 28.95 mln evroni tashkil qiladi. Qatar klubining eng qimmat futbolchisi esa Belgiya terma jamoasi a’zosi Tobi Alderveyreld hisoblanadi. Uning ayni damdagi transfer narxi 8 mln evroga baholanmoqda.
Taqqoslash uchun, “Paxtakor”ning tarkibi 9,83 mln evroni tashkil etadi. “Sherlar”ning eng qimmat futbolchisi esa Odil Hamrobekovdir. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosining ayni damdagi transfer narxi 1 mln evroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Al-Duhail” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi bahs 14 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:15 da boshlanadi.
Fikrlar