
Ahvoli yomonlashgan "Jenoa" bugun vaziyatni biroz bo‘lsa ham o‘nglay oladimi? Buning uchun Shomurodov jamoasida yaxshigina imkoniyat bor
Bugun Italiya A Seriyasi 8-turidan o‘rin olgan “Udineze” – “Jenoa” bahsi o‘tkaziladi. Bellashuvda o‘zbekistonlik ishqibozlar yaqindagina jarohatini davolab, safga qaytgan Eldor Shomurodovning ishtirokini kutmoqda. Genuyaliklar esa jamoaning g‘alabasini.
"Udineze"ga qarshi uchrashuvda "Jenoa" faqat g‘alaba uchun maydonga tushadi. Chunki jamoaning imkoniyatlari turdan-turga pasayib bormoqda. Ayni paytda "qizil-ko‘klar" A Seriyaning 7 o‘yinida 5 ochko ishladi. Uning bugungi raqibi 7 turda 4 ochko jamg‘argan. Tomonlar turnir jadvalida 18 va 19-o‘rinda bormoqda.
Bugun “Jenoa” o‘ynaydi. Eldor Shomurodovchi?
Eldor Shomurodov “Jenoa”ning asosiy tarkibiga kirishi uchun nima qilishi kerak? – Davron Fayzievdan javob
Raqib kuchli emas. Biroq "Jenoa"ning ham kayfiyati ko‘ngildagidek emas. Sababi ular avvalgi turlarda ko‘plab ochkolarni boy berishdi. G‘alaba qozonishi kerak bo‘lgan bahslarda mag‘lubiyatga uchradi. Salohiyati tengdek ko‘ringan o‘yinlarda yutqazdi va durang qayd etdi. Bunga misol tariqasida "Sampdoriya" va "Torino" bilan kechgan bellashuvlarni aytish mumkin. Endi esa yana bir shunday raqib - "Udineze".
"Udineze" Italiya chempionati 7 turida bir g‘alaba va bir durangga erishgan xolos. 5 uchrashuvda mag‘lubiyat. Shunga yarasha jamoa 19-o‘rinda.
Eldor Shomurodov faoliyat yuritayotgan "Jenoa"ning keyingi o‘yin uchun qaydnomasi e’lon qilindi (Foto)
Ko‘rib turganingizdek, raqib kuchli emas. 3 ochko olsa bo‘ladigan o‘yin. Faqat jamoa o‘ziga ishonishi va himoyaviy uslubidan chekinishi lozim. Himoyaviy taktika bunday bellashuvlarda jamoaning zarariga ishlashi mumkin. Shu bois Eldor Shomurodovga pas bera oladigan va u bilan tandem hosil qiladigan futbolchi maydonga tushishi ayni muddao.
Mazkur bellashuvda hujumchimiz Eldor Shomurodovning maydonga tushishi kutilmoqda. Chunki tezroq jamoa uslubiga moslashib ketishi uchun o‘yinlarda unga imkoniyat berilishi taxmin qilinyapti.
Fikrlar