Ahrol Risqullaev va Abdurashid Xudoyberganov Elit OChL bahslarida ishlaydi

  • 21 oktabr, 2024, 17:35
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Elit Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqich bahslari davom etmoqda. Sharq mintaqasi 3-turi doirasida Janubiy Koreyaning "Gvangju" jamoasi Malayziyaning "Johor Darul Ta’zim" klubiga qarshi saf tortadi. Ushbu to‘qnashuvda o‘zbekistonlik Ahrol Risqullaev ish olib boradi. U zaxira hakami sifatida qayd etilgan.

Tecno

Shuningdek, Sharq mintaqasi 3-turi doirasida Xitoyning "Shangxay Shenxua" va Yaponiyaning "Kavasaki Frontale" klubi o‘zaro kuch sinashadi. Mazkur qarama-qarshilikda hamyurtimiz Abdurashid Xudoyberganov AVAR hakami vazifasini bajaradi. 

Elit Osiyo Chempionlar ligasi | Guruh bosqich, 3-tur

"Gvangju" - "Johor Darul Ta’zim” 
22.10.2024 | 15:00

"Shangxay Shenxua" - "Kavasaki Frontale” 
23.10.2024 | 17:00

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!