
Agueroga Evropa grandlari xaridor!
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero uchun Evropaning 4 ta grand klubi kurash boshladi.
El Chiringuito nashrining yozishicha, 32 yoshli argentinalik futbolchini "Real", "Barselona", "Yuventus" va "Inter" o‘z safida ko‘rishni xohlamoqda. Aytish kerakki, Agueroning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va shu sababli u yangi jamoasiga erkin agent sifatida tekinga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Serxio Aguero joriy mavsum “Manchester Siti” safida 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.
Fikrlar