Aguero ko‘z yoshlar bilan futboldan ketmoqda (intervyu)

  • 15 dekabr, 2021, 18:51
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi hujumchisi Serxio Aguero yurak bilan bog‘liq muammolar tufayli futbol bilan xayrlashdi. Bugun u matbuot anjumanida buni rasman e’lon qildi. 33 yoshli argentinalik forvard xayrlashuv marosimida futboldan ketishi haqida gapirdi. 

-Umid paydo bo‘lishi uchun qo‘limdan kelgan hamma ishni qildim. Biroq hech narsa o‘zgargani yo‘q. Bu hayotimdagi eng og‘ir qaror bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, sog‘ligim uchun to‘g‘ri ish qildim, deb hisoblayman. 

-Meni nimalar kutayotganini bilmayman. Shuni ayta olamanki, ko‘pchilik meni yaxshi ko‘radi. 

-To‘g‘risi, "Siti" menga doimo yaxshi munosabatda bo‘lgan, shuningdek, "Barselona" ham. Jamoadoshlarimga yordam berishni xohlardim, biroq...

-Barcha jamoadoshlarimdagilarga muvaffaqiyat tilayman. Ular eng yaxshisiga loyiq. 

-Meni qo‘llab -quvvatlash maqsadida, shu erga kelgan barchaga rahmat aytaman. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!