
Aguero faoliyatini qachon yakunlashi ma’lum bo‘ldi
Argentinalik mashhur hujumchi Serxio Agueroning "Barselona" bilan qachon xayrlashishi ma’lum bo‘ldi. U yuragi bilan bog‘liq muammo sabab faoliyatini yakunlashga majbur bo‘lmoqda.
Marca nashrining ma’lum qilishicha, 33 yoshli futbolchi katta futbolni tark etganini 15 dekabr kuni e’lon qiladi.
Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyi oxirida argentinalik futbolchi “Alaves” bilan o‘yinda o‘zini yomon his qilgandi. Keyinchalik uning taxikardiya xurujiga uchragani ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Aguero "Barselona" safiga joriy yoz “Manchester Siti”dan erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol muallifiga aylandi.
Fikrlar