
Aguero Argentina terma jamoasiga qaytadi, faqat...
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni "Atletiko", "Manchester Siti" va "Barselona" klublarining sobiq hujumchisi Serxio Aguero terma jamoada ish boshlashini ma’lum qildi.
"Aguero bo‘yicha qaror barcha tomonidan ijobiy qabul qilindi. Men Serxio va mamlakat futbol assotsiatsiyasi prezidenti bilan gaplashdim. Biz Agueroni shunchaki ko‘z-ko‘z qilish uchun olib kelmayapmiz, uning jamoada aniq vazifasi bo‘ladi", - dedi Skaloni.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli Aguero bir necha oy oldin yuragi bilan bog‘liq muammolar tufayli faoliyatini yakunlagan edi. U Argentina terma jamoasi safida 101 ta o‘yinda maydonga tushib, 41 ta gol urgan.
Fikrlar