AGMKda kutilmagan burilish. Endi bu klubni to‘xtatib qolishni imkoni yo‘qmi?

  • 1 iyun, 2022, 00:32
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Yurtimizda futbolning qaynoq “havosi” kezib yuribdi. O‘zbekiston U-23 bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qilyapti. Shuningdek, milliy terma jamoamiz tez orada Namanganda saralash bahslarini ham o‘tkazadi. Shu boisdan milliy chempionatimizda kichik tanaffus yuzaga keldi. Ungacha bor e’tibor olimpiya hamda milliy terma jamoamizga qaratiladi. Bu orada esa Superliga klublari ma’lum xordiqdan keyin yana tayyorgarlik ko‘rishga kirishib ketadilar.

Tecno

Superligada 11 ta tur o‘tkazildi. Biroq barcha ishtirokchilar ham 11 ta o‘yinda maydonga tushishgani yo‘q. Faqat ayrimlari to‘liq o‘yin o‘tkazdilar. Boshqa payt terma jamoalar o‘yinlari yoki Osiyo Chempionlar ligasi tufayli Superliga bahslari qoldirilgan. Yuzaga kelgan tanaffusdan foydalangan holda endilikda chempionatimizning har bir ishtirokchisi borasida shu paytgacha bosib o‘tgan yili xususida so‘z yuritamiz.

agmk4_1

Tartib bo‘yicha avval peshqadamdan boshlagan ma’qul-a? Ayni chog‘da Superligamizda Olmaliqning AGMK klubi  karvonboshi bo‘lib turibdi. Bu kim uchundir kutilgan yana kim uchundir kutilmagan bo‘lishi mumkin, shunday emasmi? Yodingizdan ko‘tarilmagan bo‘lsa, Mirjalol Qosimov uchun aslida mavsum yaxshi boshlanmagandi. Bu jamoa chempionatni birin-ketin ikkita safar o‘yini bilan boshlashiga to‘g‘ri keldi. Avvaliga Bekobodda “Metallurg” klubiga yagona gol evaziga yutqazib qo‘ydi. Ikkinchi turda esa Toshkentda “Lokomotiv”ga 1:2 hisobi bilan engilgandi. Shu tariqa, AGMK ikkita mag‘lubiyat bilan mavsumni boshladi va buni ko‘pchilik kutmagandi. Olmaliqliklar to‘liq o‘yin o‘tkazishgani yo‘q. Chunki rejaga ko‘ra, 3-turda “Nasaf”ni qabul qilishlari kerak edi. Biroq qarshiliklar Osiyo Chempionlar ligasi sababli o‘yin qoldirilgan.

Mirjalol Qosimov jamoasi Superligada etakchilardan biri. Shuning uchun sovrinli o‘rinlar uchun kurashishda albatta AGMKning nomi ham tilga olinadi. O‘tgan mavsumda uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. Bu yil ham klubning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. Dastlabki ikkita mag‘lubiyatni tasodif sifatida qabul qilishganlar ham bo‘ldi va buni AGMK amalda isbotlashga tushdi. Natijada klub kutilmagan burilish qildi. Boisi, Olmaliq jamoasi o‘sha boshidagi ikkita mag‘lubiyatdan keyin hali boshqa yutqazgani yo‘q. 4-turdan boshlab jamoa asta-sekin xuddi mashina singari tezligini oshirishni boshladi.

agmk5_1

1 aprel kuni Termizning “Surxon” klubiga qarshi bahs AGMKning joriy mavsumdagi dastlabki g‘alabasiga aylandi. Ammo oson bo‘lmadi. Hisob 1:1 bo‘lib turgan paytda Martin Boake 75-daqiqada jamoasiga g‘alaba keltiruvchi golni urgandi. Umuman aytadigan bo‘lsak, AGMK shu paytgacha 6 ta g‘alaba va 2 ta durang qayd etdi. “Paxtakor” va “Bunyodkor” bilan bellashuvlarda Qosimov jamoasi 0:0 hisoblarida durang o‘ynagan holda raqiblari bilan murosa ko‘chasini tanlashiga to‘g‘ri keldi.

Yana bir gap: AGMKda hozircha gollar urish bo‘yicha sermahsullik yuqori darajada. Superliga ishtirokchilari orasida shu paytgacha eng ko‘p gol urgan jamoalar ikkita bo‘lib, bular – AGMK bilan “So‘g‘diyona”. Ular raqiblar darvozasiga 18 tadan gol urishdi. Jumladan, olmaliqliklar 18 ta gol urib, darvozasidan 9 ta to‘p o‘tkazgan. Mavsumni ketma-ket ikkita mag‘lubiyat bilan boshlagan klub uchun gollar urishdagi bunday samaradorligini yuqori baholasa bo‘ladi. Shunga yarasha klub g‘alaba qozongan uchrashuvlarida kamida ikkitadan gol urib kelyapti.

agmk6_1

Shuningdek, AGMK safidagi iqtidorli hujumchi Xurshid G‘iyosov to‘purarlar orasida boryapti. U o‘z hisobiga 5 ta gol yozib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Tabiiyki, jamoasining g‘alabalarida ushbu hujumchining hissasi ham katta. Bundan tashqari, milliy terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanets yig‘inga jalb qilgan futbolchilar orasida AGMKdan darvozabon Valijon Rahimov, himoyachilar – Abdulla Abdullaev bilan Akrom Komilov ham bor. Ayniqsa, Akromning yana ma’lum tanaffusdan keyin terma jamoaga qaytgani quvonarli hol.

Ko‘rib turganingizdek, AGMK klubi avvalgi mag‘lubiyatlar go‘yoki tasodifligini isbotlagandek, qolgan uchrashuvlarda mag‘lubiyatsiz odimini davom ettiryapti. Kutilganidek, chempionatda sovrinli o‘rinlar uchun favorit ekanini amalda ko‘rsatishni boshladi. Shuni aniq aytish mumkinki, Mirjalol Qosimov mavsum oxiriga qadar medallar uchun kurashishini davom ettiradi. Faqat yakunda qaysi pog‘onada bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.    

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
01/06/2022 14:07
AFMK NASAF uyinni OCHL uchun qolderilmadiki. Sayt hodimlari sagal etiborli bulingla. shunchaki AGMK yahshi formaga emas edi oddiy bahona qilib Navruz bayromi sabab qilib kursatib qolderildi. 20 mart kuni bulishi kerak bulgan uyin. shuni PFL qaytam. shunchalik tv hodimlari bant ekan yoki ichki Ishlar hodimlari bayramga jalb qilgan ekan. Qarshi utkazsa bulardiki 2 davraga Nasaf borardi. keyin uzi shundoq ham Nasaf uyinchilari tigiz taqvimga uynayapti. keyin 3 uyin qolderildi u ham Nasafka minus qaytam. Keyin hech qachon unitmangla fudbolimiz saviya tushib ketkan. klubla maydonga fudbol uynamasdan hisobka uynashka utib olgan. Shantaj kamandala kupaygan. Hozir