
AGMK nazorat o‘yini o‘tkazdi. Ertaga yana bir uchrashuv bor
Superliga restartiga taraddud ko‘rayotgan AGMK jamoasi jismoniy holatni maromga keltirish barobarida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun bugun Pro-liga ishtirokchisi "Rubin"ga qarshi nazorat bellashuvida maydonga tushdi.
Uchrashuvda jami 9 ta gol, bir chetlatish va ikkita penalti bo‘ldi. E’tiborlisi, har ikkala penalti olmaqlikliklar darvozasi tomon belgilandi va chetlatish ham aynan AGMK himoyachisi Bobur Yo‘ldoshev bilan ruy berdi.
Dastlabki bo‘limda "konchilar" raqib darvozasiga uchta gol urgan bo‘lsa, tanaffusdan keyin yana 4 marotaba darvoza to‘riga to‘p kiritildi. "Rubin" esa bir marotaba penaltidan gol urgan, ikkinchisi o‘yin payti ruy berdi. Birinchi taymda AGMK darvozasini qo‘riqlagan Roman Abdulov penaltini qaytargan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda raqib jamoa Valijon Rahimov qo‘riqlagan darvozani "nuqta"dan ishg‘ol etdi.
Olmaliqliklarning gollariga to‘rt nafar futbolchi mualliflik qildi. Mate Vatsadze xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Shahzod Nurmatov dublga erishdi, yana bittadan golga Arslonmirat Amanov va Erkin Baydullaev mualliflik qildi.
Nazorat o‘yini
5 iyun, juma
AGMK - "Rubin" 7:2
Gollar: Mate Vatsadze (3ta), Shahzod Nurmatov (2ta), Arslonmirat Amanov, Erkin Baydullaev
AGMK — Roman Abdulov - Mirg‘iyos Sulaymonov, Dilshod Jo‘raev, Bobur Yo‘ldoshev, Sheroz Jalolov - Erkin Baydullaev, Jasur Umarov, Shahzod Nurmatov - Arslonmirat Amanov, Mate Vatsadze, Hojimat Erkinov.
Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar: Valijon Rahimov, Saydullo Toshpo‘latov.
Chetlatish: Bobur Yo‘ldoshev.
Mirjalol Qosimov ertaga "Lokomotiv"ga qarshi maydonga tushishi rejalashtirilgan.
Fikrlar