AGMK futbolchilari yosh muxlislar bilan uchrashishdi

  • 3 aprel, 2019, 19:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun 3 aprel kuni "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Konchilik va Kon-metallurgiya kasb-hunar kollejlarida AGMK PFK rahbariyati va futbolchilari bilan yosh futbol muxlislari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Uchrashuvda jamoa bosh direktori Muxtor Qurbonov, jamoa futbolchilari - Jasur Hasanov, Zohir Pirimov, Zafar Polvonov va Akmal Shorahmedovlar ishtirok etishdi.

Har ikki tadbir avvalida jamoa bosh direktori Muxtor Qurbonov va Konchilik kasb-hunar kolleji direktori Bahodir Do‘simbetov, Kon-metallurgiya kasb-hunar kolleji direktori Mansur Sattorovlar o‘rtasida memorandum imzolandi.

Unga ko‘ra, futbol jamoasi va har ikki o‘quv yurti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yiladi.

bahodir

Uchrashuv davomida yosh muxlislar futbol sohasida olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi. Muxlislarni stadionga qaytarish uchun amalga oshirilayotgan ishlar, joriy yil yakuniga qadar AGMK futbol klubining Olmaliq shahrida o‘z qarorgohi va akademiyasi ishga tushirilishi aytib o‘tildi.

Qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘lgan uchrashuvda eng yaxshi savol egalari va zukko yosh muxlislar jamoa rahbariyatining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

baxtiyor

Mazkur ikki o‘quv yurtida 3000 nafar talaba tahsil oladi. Uchrashuv davomida har ikki kollej talabalari AGMKning o‘z maydonidagi uchrashuvlarni bevosita stadionda kuzatib borishlarini ta’kidlashdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!