
AGMK Elguja Grigalashvili, Arslanmirat Amanov va yana 6 futbolchi bilan xayrlashdi
Yangi mavsumga hozirlik ko‘rayotgan AGMKni shartnomasi tugagan bir qator futbolchilar tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Darvozabon Roman Abdulov, himoyachilar Igor Zonich, Saydullo Rahmatov, yarim himoyachilar Arslanmirat Amanov, Elguja Grigalashvili, Bahrom Abdurahimov va hujumchilar Mate Vatsadze hamda Shahzod Nurmatov bilan do‘stona xayrlashildi.
AGMK jamoasi ketgan futbolchilarga xizmatlari uchun minnatdorlik bildirdi va ularni kelgusi faoliyatida omad tiladi.
AGMK klubi selektsiya ishlarini jadallik bilan davom ettirayotgani va yaqin orada yangi transferlarni e’lon qilishi aytildi.
Fikrlar