
AGMK 2 karra O‘zbekiston chempioni hamda kubok sohibi bilan yangi shartnoma imzoladi
AGMK jamoasi yarim himoyachisi Dilshod Jo‘raev bilan o‘rtadagi shartnoma uzaytirildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Universal futbolchi, maydon markazi va himoya markazida ham o‘ynash qobiliyatiga ega bo‘lgan mahoratli to‘p ustasi Dilshod Jo‘raev jamoa sharafini yangi mavsumda ham himoya qiladi. Klub o‘rtadagi bitimni 2021 yil yakuniga qadar uzaytirdi.
Dilshod Jo‘raev futbolchilik faoliyatida ikki karra O‘zbekiston chempioni (2011, 2013) hamda O‘zbekiston kubogi sohibi (2012, 2013) hisoblanadi.
Fikrlar