AGMK - "Bunyodkor" (prevyu)

  • 10 mart, 2020, 17:11
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 3-turi doirasida AGMK Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi bilan to‘qnashadi.

Tecno

Bo‘lajak o‘yin ushbu jamoalarning o‘zaro umumiy hisobdagi 32-uchrashuviga aylanadi. AGMK va "Bunyodkor" qarama-qarshiligi tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, o‘tkazilgan o‘yinlarda 6 marotaba jamoamiz g‘alabani tantana qilgan, 6 bor durang qayd etilgan va 19 marta "Bunyodkor" g‘alaba qozongan. To‘plar nisbati ham "qaldirg‘ochlar" foydasig‘a: 61-33.

AGMKni Mirjalol Qosimov, "Bunyodkor"ni esa Vadim Abramov boshqarayotgandan buyon ushbu jamoalar uchun bo‘lajak o‘yin hisob bo‘yicha beshinchi bahsga aylanadi. O‘tgan yili har uchala frontda duch kelgan AGMK va "Bunyodkor" bellashuvlarida chempionat doirasida "Bunyodkor" Olmaliqda g‘alaba qozongan bo‘lsa, Toshkentdagi o‘yinda AGMK "qaldirg‘ochlar"ga imkoniyat qoldirmay mag‘lub etgandi. Shuningdek, Liga Kubogi va O‘zbekiston Kubogi doirasidagi uchrashuvlarda AGMK yaqqol ustunlik bilan g‘alabani tantana qilgandi.

AGMK joriy mavsumda hozirga qadar o‘tkazilgan 2 o‘yinni durang bilan yakunlagan bo‘lsa, "Bunyodkor" startni ketma-ket 2 g‘alaba bilan boshladi. Shu boisdan ham jamoamiz mazkur turda chempionat peshqadamlaridan biriga qarshi saf tortadi.

Raqib tarkibida joriy mavsum chempionatda Farruh Ikromov, Humoyun Murtazoev, Nurillo To‘xtasinov hamda Jasur Jaloliddinov gol mualliflariga aylangan bo‘lsa, AGMKda Mate Vatsadze va Igor Zonich o‘z hisobiga gol yozib qo‘yishga ulgurdi.

Ma’lumot o‘rnida: AGMK O‘zbekiston milliy chempionatlari tarixidagi 120-g‘alaba ostonasida turibdi. Jamoa elitada o‘tkazilgan 341 o‘yindan 119tasi g‘alaba qozongan, 150 mag‘lubiyat va 72 bellashuvda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati: 467-503.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!