
Agent: Mijozimni Rimda qoldirmayman!
“Roma” asosiy himoyachisi Kris Smollingdan quruq qolishi mumkin. Angliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi mavsum oxirida tugaydi.
Smollingda kelishuvni bir tomonlama yana bir mavsumga uzaytirish huquqi bor. Lekin uning agenti himoyachiga shoshilmaslikni uqtirmoqda.
33 yoshli futbolchining agenti Jeyms Fezerstoun mijoo‘zini Rimda qoldirmoqchi emas. Unga “Inter” taklif etayotgan ikki yillik shartnoma manfaatli ko‘rinmoqda.
O‘tgan yozda “Inter” jamoasi xuddi shunday vaziyatda “Roma”ning boshqa futbolchisi – Genrix Mxitaryanni o‘z safiga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirgan edi.
Fikrlar