Agar Levandovski "Real"ga o‘tganida, unga toqqa chiqish va mototsiklda yurish taqiqlanardi

  • 3 avgust, 2020, 10:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi 2013 yil polshalik hujumchi Robert Levandovskiga qanday taklif yuborgani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Onet Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “Qirollik klubi” Levandovskiga 6 yillik shartnoma va yiliga 8,6 mln evro maosh va’da qilgan. Bundan tashqari, u ushbu shartnomani imzolasa, yana qo‘shimcha 10,9 mln evro bonusga ega bo‘lishi ham mumkin edi.

Qizig‘i, “Real” yuborgan shartnomada hujumchiga mototsiklda yurish va chang‘i uchish, parashyutdan sakrash va toqqa chiqish taqiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, Levandovski 2014 yil “Borussiya” Dortmunddan “Bavariya”ga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!