
Afsonaviy Shumaxerning o‘g‘li “Formula-1”ga qaytishi mumkin
O‘tgan dam olish kunlari Monakoda Esteban Okon jamoadoshi Pier Gasli bilan to‘qnashib ketganidan “Alpin” rahbariyati g‘azablandi. Jamoa boshlig‘i Bruno Famen Okonni Kanada Gran-prisidan chetlatish haqida o‘ylayapti.
Shunday ekan, chidamlilik bo‘yicha jahon chempionatida fransuzlar haydovchisi bo‘lgan Mik Shumaxerda “Formula-1”ga qaytish imkoniyati bor.
"2025 yilgi mavsum uchun jamoada joy bor. Mik albatta asosiy nomzotlar qatorida. Men undan juda mamnunman, u juda tez haydaydi. Lekin gap bunda emas. Uning jamoa bilan ishlashi meni hayratda qoldirdi. Mik o‘ziga notanish bo‘lgan poyga turiga tezda moshlashdi va jamoa bilan yaxshi natijalarga erishdi”,- dedi Famen Sky Germany nashriga.
Shumaxer qo‘shimcha qilib: "Mening maqsadim va orzuyim - "Formula-1" bolidini boshqarish. Har doim shunday bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Men qirollik poygalariga qaytishimga ishonaman. Ammo, hozir men WECda eng yaxshi natijalarni ko‘rsatishim va Formula 1da zaxira haydovchisi sifatida “Mercedes” jamoasi uchun yaxshi ishlashni davom ettirish kerak."
2022 yilda Shumaxerni “Haas” jamoasining o‘sha paytdagi direktori Gyunter Shtayner ishdan bo‘shatgan va u sodir bo‘lgan avto halokatlar sonini tanqid qilgan. O‘tgan yil boshidan Mixael Shumaxerning o‘g‘li “Mersedes”ning zaxira haydovchisi bo‘lib kelgan. Ammo, germaniyalik pilot uchun “Alpin”dagi muammolar fonida 2025 yilda "Formula-1"ga qaytish uchun yangi va kutilmagan yo‘l ochildi.
Fikrlar