
Afsonaviy Roberto Karlosning rekordi hujumchi tomonidan takrorlandi
Ayni damda, "Real" Chempionlar ligasi doirasida "Borussiya" M (2:0) klubiga qarshi bahs olib bormoqda.
Ushbu uchrashuvda Karim Benzema madridliklar safida barcha turnirlar doirasida 527-bellashuvini o‘tkazmoqda.
Shu tariqa, frantsiyalik forvard "qirollik klubi" tarkibida legionerlar orasida maydonga tushish bo‘yicha Roberto Karlosning rekordini takrorladi.
Benzema 2009 yildan beri "Real" sharafini himoya qilib keladi.
Fikrlar