Afrikalik yuguruvchilar Boston marafonida g‘alaba qozonishdi

CHERY AUTO

Jahon marafon seriyalari qatorida e’tiborli bosqichlardan biri AQShning Boston shahrida o‘tkaziladigan poygadir. Umumiy sovrin jamg‘armasi 830 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi mazkur musobaqa bu yil ham qiziqarli o‘tdi. 

Tecno

Kutilganidek, g‘oliblik "qora qit’a" vakillariga nasib etdi. Erkaklar o‘rtasidagi bahsda keniyalik Lorens Cherono g‘alaba qozongan bo‘lsa, ayollar toifasida efiopiyalik Vorknesh Defega marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi. G‘oliblar 150 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotini ham qo‘lga kiritishdi. Batafsil: 

Erkaklar

1. Lorens Cherono (Keniya) – 2.07,57
2. Lelisa Desisa (Efiopiya) – 2.07,59
3. Kennet Kipkemoy (Keniya) – 2.08,07

Ayollar

1. Vorknesh Degefa (Efiopiya) – 2.23,31
2. Edna Kiplagat (Keniya) – 2.24,13
3. Jordan Xasay (AQSh) – 2.25,20

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!