
Adesanya "UFC 300" da ishtirok etadimi?
Kecha o‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Israel Adesanya promoushenning 300 yillik yubiley turnirida ishtirok etishi va Hamzat Chimaev bilan jang o‘tkazishi haqida mish-mish tarqaldi.
Bugun Adesanya o‘zining Instagram dagi sahifasida "300" filmi uslubidagi taklifnoma postini joylashtirdi. Bu balki "UFC 300" ga ishoradir. Israelning raqibi kim bo‘lishi mumkinligi hozircha noma’lum. Chimaevdan tashqari, u o‘rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Drikus Dyu Plessi bilan jang qilish uchun kurashayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 300" 13 aprel kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar