Abramovich: Tuxel bu yulduzni jamoaga yaqinlashtirma!

  • 10 fevral, 2022, 19:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Football London nashrining xabar berishicha, “Chelsi” xo‘jayini Roman Abramovich bosh murabbiy Tomas Tuxel olishni orzu qilayotgan Usmon Dembeleni o‘z jamoasida ko‘rishni istamayapti.

Tecno

Frantsiya terma jamoasi yulduzi mavsum yakunlanishi bilan “Barselona”ni tark etishga qaror qilgan va hozir o‘ziga yangi jamoa topish bilan band.

Dembeleni yulduz darajasiga aynan Tomas Tuxel qo‘l ostida ko‘tarilgan. Bu o‘yinchiga “Borussiya”da ustozlik qilgan germaniyalik mutaxassis bu gal uni “Chelsi”da o‘ynatmoqchi bo‘lyapti.

Manbaning ta’kidlashicha, Abramovichga Dembelening intizomsizligi yoqmaydi. Rossiyalik milliarder uning o‘rniga “Lids” vakili Rafinyani transfer qilish lozimligini uqtirmoqda. Qator grand klublar nishonidagi Rafinya uchun 50 million funt to‘lash kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!