Abduraimov Eronni nimani evaziga yutishimiz mumkinligi, Katanetsning yo‘qligi va qanday natija kutayotgani haqida

  • 10 oktabr, 2024, 11:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun muhim o‘yin. O‘zbekiston milliy terma jamoamiz JCh-2026 uchinchi saralash bosqichi doirasida “Bunyodkor” stadionida Eronga qarshi maydonga tushadi.

Tecno

Barchaning e’tibori ushbu uchrashuvga qaratilgan. Yurtimizdagi ko‘zga ko‘ringan mutaxassislardan biri Jasur Abduraimov o‘yin oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bosh murabbiyimiz Srechko Katanets muhim o‘yinlarda sog‘ligi sababli ishtirok eta olmasligi ma’lum bo‘ldi. Sizningcha, bu jamoamiz uchun katta yo‘qotishmi? Fikringiz qanday?

- Ha, murabbiy doim o‘yinda bo‘lishi kerak. Uning yo‘qligi yo‘qotish. 95-98 foiz futbolchilar bir necha yillardan beri murabbiy bilan birga shug‘ullanishyapti va o‘ynab  kelishyapti. To‘g‘ri, aytib o‘tganimdek, bosh murabbiyning yo‘qligi yo‘qotish. Lekin o‘ylashimcha, yigitlar mas’uliyatni yaxshi tushunib turibdilar. Ular professional futbolchilar va nima qilishini bilashadi. Maydonda hamma narsa o‘yinchilarga bog‘liq. O‘yinda har xil vaziyatlar bo‘ladi. Murabbiyning yordamchilari esa yordam berib turishadi.

- Eron biz uchun noqulay raqibmi? Har holda o‘z uyimizda yuta olmayapmiz...

- Ha, Eron bizga noqulay raqib. Bugun oson o‘yin bo‘lmaydi. Qiyin bo‘ladi. Masharipov, Shomurodov kabi yigitlarimiz yaxshi formada. Yuqori tempda, tekzorlik bilan o‘yin ko‘rsatishsa g‘alaba biz tomonda bo‘ladi.

- Eron termasi haqida nima deya olasiz? Ularga qarshi ko‘p o‘ynaganmiz va bir-birimizni yaxshi bilamiz. Asosiy kamchiligi nimada deb o‘ylaysiz? Bugun nimaning evaziga yutishimiz mumkin, deb hisoblaysiz?

- Eronni kamchiligi? Hamma joyda pressing qilsak va tezkor qarshi hujumlarga o‘tsak va tezkor futbol o‘ynasak Eronda bo‘sh hududlar paydo bo‘ladi va bizda variantlar paydo bo‘ladi. Raqibga bosim o‘tkazish muhim. Agar shunday bo‘lsa raqib o‘zini yo‘qotadi. Ha, qiyin uchrashuv bo‘ladi. Ammo raqibga gol uramiz, Xudo xohlasa yutamiz.

- Qanday natijani kutyapsiz?

- O‘ylashimcha, bugun yutamiz. 1:0 yoki 2:1. Bitta gol farqi bo‘ladi. Har qanday holatda ham g‘alaba qozonishimiz kerak. Eronni standartlari xavfli. Ular tezkor qarshi hujumga ham o‘tadi. Shularga tayyor bo‘la olishimiz ham muhim.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Imomali
10/10/2024 15:21
Катаниесни юрсгида касали бор деб эшитдик
&
Duvlan
10/10/2024 14:53
Катанец ютқазишдан қўрқиб суруворган, бошқа сабаб йўқ.