
Abdurahmon Rustamov ham bronza medalini qo‘lga kiritdi
Xabaringiz bor, 24 maydan 1 iyungacha Tailandda boks bo‘yicha "Thailand Open" turniri bo‘lib o‘tadi.
Ayni paytda yarim final bahslari davom etmoqda.
+90 kg da ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz Abdurahmon Rustamov va Hindiston vakili Gill Anshul final yo‘llanmasi uchun jang qildi. Shiddatli va keskin kurashlarga boy o‘tgan to‘qnashuvda Rustamov ochkolar hisobiga imkoniyatni boy berib, musobaqani bronza medali bilan yakunladi.
Fikrlar