
O‘zbekiston Evropa vakilidan ustun keldi
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida Slovakiyalik tengdoshlari bilan kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda vakillarimiz 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, 5-daqiqada Po‘latxo‘ja Holdorxonov penaltidan gol urib, uchrashuvda hisobni ochdi. 25-daqiqada Abbosbek Fayzullaev oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi.
Qayd etish lozim, ushbu bahs Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Fikrlar