
A Seriya. Vlaxovich va Milikning gollari "Yuventus"ga g‘alaba keltirdi
A Seriya 4-turidan o‘rin olgan "Yuventus" - "Spetsiya" uchrashuvi yakunlandi. Unda maydon egalari 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dushan Vlaxovich 9-daqiqada hisobni ochdi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Milik farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi.
Shu tariqa, turinliklar ochkolari sonini 8 taga etkazib olgan holda, A Seriya turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 4 ochkosi bor "Spetsiya" 13-pog‘onani band etgan.
Fikrlar