
A Seriya tarixida hali bunaqasi bo‘lmagandi
“Jenoa” kecha A Seriyaning 9-turida o‘z maydonida “Breshiya” (3:1) ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Aytish kerakki, birinchi bo‘limdan so‘ng “Breshiya” 1:0 hisobida g‘alaba qozonayotgan edi. Biroq, tanaffusdan so‘ng genuyaliklarning yangi bosh murabbiyi Tiago Motta ketma-ket 3 ta o‘zgarishni amalga oshirdi. E’tiborlisi, uchrashuvga qo‘shilgan Kevin Agudelo, Kristian Kuame va Goran Pandevlarning barchasi gol urishdi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra A Seriya tarixida ilk bor zaxiradan maydonga tushirilgan 3 ta futbolchining hammasi gol urdi.
Fikrlar