
A Seriya. "Salernitana" mavsumdagi ilk g‘alabasini "Latsio" ustidan qo‘lga kiritdi
Italiya A Seriyasining 13-turidan o‘rin olgan "Salernitana" - "Latsio" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Maydon egalari safida Kastanos va Kandreva o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Rimliklarning yagona goliga esa Immobile mualliflik qildi.
Shu tariqa, "Salernitana" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, 8 ochko bilan 20-o‘rinda qoldi. "Latsio" 17 ochko to‘plagan holda 10-o‘rinni band etgan.
Fikrlar