
A Seriya. "Napoli" ishonchli tarzda g‘alaba qozondi
A Seriya 9-turidan o‘rin olgan "Verona" - "Napoli" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Neapolliklar safida Xvicha dubl muallifiga aylangan bo‘lsa, Politano o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. Mezbonlarning yagona goli Lazovich tomonidan kiritildi.
Ochkolari sonini 17 taga etkazib olgan neapolliklar A Seriya turnir jadvalida 5-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar