A Seriya klubi Balotelli bilan shartnoma imzolaganiga pushaymon bo‘lyapti

  • 1 iyun, 2020, 09:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hujumchi Mario Balotelli va “Breshiya” klubi o‘rtasidagi mojaro yanada jiddiylashmoqda. Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, tomonlar o‘zlariga advokat yollashgan va endi ushbu ish sudgacha etib borishi mumkin.

Tecno

Eslatib o‘tish lozimki, “Breshiya” rahbariyati jamoa bilan birga shug‘ullanmayotgani uchun Balotellini mashg‘ulotlardan chetlatgan edi. Mario hozir klub uni jamoaga qaytarishini va tovon puli to‘lashini talab qilmoqda. Ammo, jamoa uning shartiga ko‘ngan taqdirda ham Balotelli baribir “Breshiya”dan ketmoqchi. Unga esa «Galatasaroy», «Vasko da Gama», «Flamengo» va «Botafogo» klublaridan qiziqishlar mavjud.

Mario joriy mavsum A Seriyada jami 19 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 5 ta gol urishga erishdi. Uning “Breshiya” bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!