
A Seriya. "Inter" "Torino" darvozasiga naqd 5 ta gol urdi
Italiya A Seriyasi ilk turning so‘nggi uchrashuvida "Inter" "Torino" bilan kuch sinashib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab to‘qnashuvning 18-daqiqasida Bastoni hisobni ochdi. Oradan yana shuncha vaqt o‘tib Tyuram hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.
Ikkinchi bo‘limning 52-daqiqasida esa Lautaro Martines ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Yana 10 daqiqa o‘tib frantsiyalik markaziy hujumchi dublni rasmiylashtirdi. 72-daqiqada esa Anj-Yoan Bonni uchrashuvdagi so‘nggi golni kiritdi.
Ma’lumot o‘rnida, "nerazzurilar" navbatdagi bellashuvini 31 avgust kuni Udinezega qarshi o‘tkazadi.
- Italiya - A Seriya
- Joriy Mavsum

Inter
- Ange-Yoan Bonny 72'
- Marcus Thuram 36'
- Alessandro Bastoni 18'
- Lautaro Martínez 51'
- Marcus Thuram 62'
Tugadi
5
:
0
25.08.2025 23:45

Fikrlar