
A Seriya 24-tur markaziy bahsini to‘purar futbolchi o‘tkazib yuboradi
"Roma" forvardi Edin Jeko Evropa Ligasi javob uchrashuvi "Braga"ga qarshi o‘yinda (3:1) jarohat oldi.
Football Italia nashri ma’lumotiga ko‘ra, bosniyalik Italiya chempionati 24-turi doirasida "Milan"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.
Joriy mavsumda Jeko "Roma" safida barcha turnirlarda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol kiritib, ikkita golli uzatma berdi.
Fikrlar