A Pro-liga. "Neftchi"ning omadsizligi davom etadi yoxud 2-tur yakunlari

  • 12 aprel, 2019, 15:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

11 aprel kuni A Pro-liganing 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Respublikamizning 4ta o‘yingohida kechgan qiziqarli o‘yinlardan so‘ng peshqadam va autsayderlar ajralib qoldi. Lekin hozirdan aniq nimadir deyish qiyin. Sababi, hali oldimizda deyarli butun mavsum bor. O‘tgan mavsumda omadsizlar tufayli elitadan tushib ketgan "Neftchi" ikkinchi turga kelib ham yana mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rdi. Shuningdek, mavsum avvalida o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan "Sherdor" va "Oq-tepa" jamoalarining ham 2-turdan keyingi holatiga havas qilib bo‘lmaydi. Sports.uz internet portali mazkur tur yakunlari va statitastikasi bilan tanishtirib o‘tadi.

Tecno

A Pro-Ligasi, 2-tur. 10aprel.

“Oq- tepa” – “Mash’al” 0:1. 97 tomoshabin
Hakamlar: Rustam Lutfulin, B. Bahromov, S. Nazarov.
Nazoratchi: A. Arutyunov.
Komissar: D. Imomho‘jaev.
Gol: Shokir Yo‘ldoshev, 79 (0:1penalti)

“Oq-tepa”: Rustam Dadaboev, Alisher Mirzaev, Javohir Omonov (Farruh Pardaev, 55), Shaxboz Tojiev, Sarvar Safarov, Saidjamol Davlatjonov (Orifxo‘ja Abduholiqov, 76), Irisdavlat Hakimov, Iskandar Siddiqjonov, Bilol Toshmirzaev, Pavel Purishkin, Murod To‘ychiboev

“Mash’al”: Dostonbek To‘xtaboev, Zafarbek Akramov, Tursunmurod Hamdamov (Jahongir Qurbonboev,41), Ahror Inoyatov, Muhammadali Aliqulov, Sanjar Zokirov (Sirojiddin Qo‘ziev,85), Ma’ruf Jumaev, Shokir Yo‘ldoshev (Asadbek Jo‘raboev, 90+1), Doniyor Umarov, Samandar Shukrullaev, Muhriddin Shamsiddinov (Oybek Jo‘raev, 63)
Ogohlantirishlar: Alisher Mirzaev (5), Pavel Purishkin (90+2) - Tursunmurod Hamdamov (37), Samandar Shukrullaev (52), Oybek Jo‘raev (66), Dostonbek To‘xtaboev (74)
Chetlatish: Pavel Purishkin (90+2)

Toshkentliklar ikkinchi turga kelib yana mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rishdi. "Oq-tepa" o‘z maydonida yangilangan "Mash’al"ga qarshi to‘p surdi. Muborakliklar 79-daqiqada penaltidan kiritgan yagona gol evaziga muhim g‘alabani ilib ketdi. "Oq-tepa" esa ikki turdan keyin birorta ham ochko to‘play olmagan holda jadvalda pastlab ketdi.

“Xorazm” – “Sherdor” 2:0. 960 tomoshabin
Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Z. Eliboev, E. Doniyorov
Nazoratchi: A. Klepikov
Komissar: Shoxruh Saidov
Gollar: Sarvar Jumaniyozov, 18 (1:0). Sardorbek Matmurodov,79 (2:0)

“Xorazm”: G‘ayrat O‘daev, Jasur Otajonov, Ravshanbek Sultonov, Temur Bekjonov (Laziz Ubaydullaev, 64), Siroj Ro‘zmetov (Sardorbek Matmurodov, 55), Temur Masharipov, Sarvar Jumaniyozov (Rafiqbek Karimov, 88), Mirjalol Qurbonov, Farruh Pardaev (Miras Karlibaev, 75), Dadahon Yusupov, Oybek Nurboev

“Sherdor”: Sherzodbek Abduraimov, Bunyod Isroilov, Ubaydullo Nabiev, Maradona Safarov, Muhammad Rajabov (Farruh Shotursunov, 46), Abdullo Nabiev, Nurbek Olmosov (Saddam Boymamatov, 59), Islom Sharipov, Farruh Farhuddinov, Jasur Qurbonov (G‘olibjon Sariboev, 68), Shoxjahon Qilichev
Ogohlantirishlar: Sarvar Jumaniyozov (18), Temur Masharipov (35) – Ubaydullo Nabiev (87), Farruh Fahruddinov (90)

Aleksandr Ejov ustozligidagi "Xorazm" ikkinchi turda ham muxlislarini xursand qila oldi. Ular o‘z maydonlarida "Sherdor"ni mag‘lubiyatga uchrata olganligi bilan yodda qoldi. 960 nafar muxlislar kuzatgan o‘yinda "Xorazm" 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini nishonladi.

“Sho‘rtan” – “Iftixor” 3:2. 881 tomoshabin
Hakamlar: I. Ibragimov, J. Sarsenov, B. Kannazarov
Nazoratchi: T. Abdullaev
Komissar: B. Aripov
Gollar: Sherzod Temirov,20 (1:0). Akrom Bahromov, 42 (2:0). Sherzod Temirov, 53 (3:0). Dostonbek Bobojonov, 60 (3:1). Ozodbek Davronbekov, 85 (3:2).

“Sho‘rtan”: Botir Nosirov,Nurali Padarov,Holmurod Holmurodov(Xasanboy Ergashev, 46),Sunnatilla Mamadaliev(Farhod Namozov, 66),Olim Karimov, S. Rahmatullaev,Ma’ruf Murodov,Akrom Bahromov (Og‘abek Erkinov, 82), Samandar Shodmonov,Sherzod Temirov,Qahramon Bahodirov

“Iftixor”:Malik Abdulaziz Qurbonov,Davronbek Qoraboev,Ahmadjon Ro‘ziboev(Shuhrat O‘rinboev, 43),Jasur Anvarov, Doston Rashidov,Dostonbek Bobojonov,Bekzod Aliev(Ozodbek Rashvanbekov, 76),Izzatbek G‘aniev,Jamshid To‘raqulov,Shoxruh Yo‘ldoshev (A.Tilavoldiev,82),Abdumalik Toshpo‘latov
Ogohlantirishlar: Davronbek Qoraboev (75)

G‘uzorliklar ketma-ket o‘tkazgan ikkinchi uchrashuvida ham g‘alaba qozondi. Avvalgi turda "Oq-tepa"ni mag‘lubiyatga uchrata olgan "Sho‘rtan" futbolchilari 2-turni ham ishonchli yakunladi. PFL kubogi-2019 sohibi "Iftixor"ni qabul qilgan g‘uzorliklar 3:2 hisobidagi mag‘lubiyatga uchratdi. 3:0 hisobida oldinda borayotgan Sergey Kovshov shogirdlari yakunda 3:3 natijasi bilan durang qayd etishlari ham mumkin edi.

“Istiqlol” – “Neftchi” 3:2. 1321tomoshabin.
Hakamlar: JasurMuxtorov, S.Ulfatov, A. Tsapenko
Nazoratchi: B. Namozov.
Komissar: J. Imomov.
Gollar: Elyorjon Akbarov, 4 (1:0 penalti). Islombek Karimov, 45+1 (1:1). Anvar Hojimirzaev, 55 (2:1). Sardor Sotivoldiev, 72 (3:1 penalti). Hamidullo Abduhamidov, 74 (3:2).

“Istiqlol”: Rustam Nortojiev, Farrux Ibrohimov, Sardor Sotivoldiev, Abduqodir Artikov (Umidjon Qodirov, 58), Elyorjon Akbarov (Elyor Mamasoliev, 54), Timur Sultonov, Rustam Abduhamidov, Ulug‘bek Xudoyberdiev, Anvar Hojimirzaev (Fayzullo Jumanqo‘ziev, 90+1), Sardor Telyakov, Eldor Ergashov (Ilhomjon Alijonov, 67).

“Neftchi”: Muzaffar Abdullaev, Shodiyor Hojimatov, Bahodir Akramov, Islomjon Toshpo‘latov (Igor Taran, 60), Nosir Otaqo‘ziev (Xurshid Asqaraliev, 63), Hamidullo Abduhamidov, Jamshid Qobulov (Asilbek G‘oyibjonov, 83), Mirjamol Ne’matov, Davronbek Isaqov, Dilyorbek Irmatov, Islombek Karimov (Alisher Abduvohidov, 75).
Ogohlantirishlar: Ulug‘bek Xudoyberdiev (18), Fayzullo Jumanqo‘ziev (90+4) – Islombek Karimov (73), Dilyorbek Irmatov (80), Muzaffar Abdullaev (90+4).

Farg‘ona derbisida "Istiqlol" "Neftchi"ni mag‘lubiyatga uchrata oldi. Gollarga boy tarzda kechgan bahsda mezbonlar 3:2 hisobida muvaffaqiyat qozondi. "Neftchi" esa kutilmaganda ikki turdan keyin birorta ochko to‘play olmaganligi ham uzoq boy tarixga ega jamoa uchun achinarli xol bo‘ldi. E’tiborlisi shundaki, ushbu o‘yinda uchrashuv bosh hakami darvozalar tomon 3 marotaba penalti belgiladi. Afsuski, "Neftchi" futbolchisi esa o‘z imkoniyatidan unumli foydalana olmadi.

Tur statistikasi

Umumiy o‘yinlar soni: 4ta
Mezbonlar g‘alabasi: 3
Mehmonlar g‘alabasi: 1
Durang: 0

Ogohlatirishlar soni: 16ta

Mezbonlar: 6
Mehmonlar: 10
Chetlashtish: 1

Muxlislar tashrifi

2-turni kuzatish uchun jami 3259 nafar muxlis tashrif buyurdi. Bu o‘rtacha har bir o‘yinga 814 nafardan to‘g‘ri keladi.

Eng ko‘p tomoshbin: “Istiqlol” – “Neftchi”. 1321 tomoshabin

Eng kam tomoshabin. “Oq-tepa” – “Mash’al”. 97 tomoshabin
Gollar

Kiritilgan golllar soni: 13ta
Mezbonlar: 8
Mehmonlar: 5
Avtogol: 0
Penaltilar:

Belgilangan penaltilar soni: 4ta
Gol: 3
Noaniq penaltilar: 1

Eng tez kiritgan gol: Elyor Akbarov 4-daqiqa (“Istiqlol” – “Neftchi” – 3:2)

Eng kech kiritilgan gol: Ozodbek Davronbekov 85-daqiqa (“Sho‘rtan” – “Iftixor” – 3:2)

To‘purarlar: Sherzod Temirov ("Sho‘rtan"), Anvar Xojimirzaev ("Istiqlol") - 2tadan. Akrom Bahramov ("Sho‘rtan"), Nurali Padarov (“Sho‘rtan”), Qahramon Bahodirov (“Sho‘rtan), Pavel Purishkin (“Oq-tepa”), Muxammad Toshpo‘latov (“Mash’al” ), Shokir Yo‘ldoshev ("Mash’al"), Farrux Ibrohimov (“Istiqlol”), Anvar Berdiev (“Istiqlol”), Elyorjon Akbarov ("Istiqlol"), Sardor Sotvoldiev ("Istiqlol"), Hamidullo Abduhamidov ("Neftchi"), Islombek Karimov ("Neftchi"), Dostonbek Bobojonov ("Iftixor"), Ozodbek Davronbekov ("Iftixor") - 1tadan.

Avtogol: Davron Mamatov (“Neftchi”)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!