Zinchenko faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin
El Desmarque xabariga ko‘ra, ispanlarga Zinchenkoning yarim himoyada ham, chap qanot himoyasida ham birday o‘ynay olishi ma’qul kelmoqda.
"Betis" La Ligada ham, Ispaniya kubogi va Evropa ligasida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun o‘z tarkibini raqobatbardosh qilmoqchi. Eslatib o‘tamiz, andalusiyaliklar o‘tgan mavsum ham Zinchenkoni ijaraga olmoqchi bo‘lgan, ammo kelishuv amalga oshmagan edi.



Fikrlar